"Liverpul" Fillipsning narxini e’lon qildi

  • 20.12.2021 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Nataniel Fillipsni sotishga tayyor.

The Sun nashrining yozishicha, mersisaydliklar 24 yoshli angliyalik futbolchining transferini 17,5 million evroga baholmoqda. Unga esa "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari asosiy da’vogarlar sifatida tilga olinmoqda.

Fillips joriy mavsum "Liverpul" safida jami 4 ta o‘yin o‘tkazdi. U 2016 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!