"Liverpul" futbolchisi operatsiya qilindi
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes kecha Angliya terma jamoasi safida jarohat olgan edi.
Mersisaydliklar rasmiy saytining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi bugun Londonda chap tizzasidan operatsiya qilingan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.
Shu tariqa Gomes mavsumning kattagina qismini davolanish bilan o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar