"Liverpool" futbolchisi "Real"da o‘ynashni orzu qiladi

  • 15.02.2026 17:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" a’zosi Dominik Soboslay madridning "Real Madrid" jamoasida o‘ynashni orzu qiladi. Bu haqida The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Soboslay hozirda "mersisaydliklar"da o‘zini juda baxtli his qiladi, ammo agar "Real"dan taklif tushsa, u bu masala ustida uzoq o‘ylab o‘tirmaydi. Ta’kidlanishicha, vengriyalik futbolchi "qirollik klubi"ni o‘zi uchun ideal deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Soboslayning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari uning transfer qiymatini 85 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!