"Liverpul" futbolchisi safga qaytdi

  • 12.12.2022 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" futbolchisi Artur Melo safga qaytmoqda. U 7-oktabrdan beri maydonga tushmayotgandi. Tez orada u futbolchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlarda qatnashishi kutilmoqda.

Mersisyd jamoasi yarim himoyachini "Yuventus"dan bir mavsumga ijaraga olgan. U klub tarkibida 13 daqiqa maydonda harakatlandi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Artur kelasi mavsum Turin jamoasiga qaytib ketadi. Sababi, "Liverpul" yangi yarim himoyachi sotib olishga harakat qilmoqda. Ularning asosoy maqsadi Jud Bellingem bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!