
"Liverpul" futbolchisi terma jamoasi safida jarohat oldi
"Liverpul" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jerdan Shakiri jarohat oldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda shveytsariyalik futbolchi terma jamoa qarorgohini tark etgan. Endi u Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Gruziya va Daniyaga qarshi o‘yinlarda Shveytsariyaga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Shakiri joriy mavsum “Liverpul” safida jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishdi.
Fikrlar