"Liverpool" futbolchisi uchun APLning uchta jamoasi kurash olib bormoqda
"Liverpul" yarim himoyachisi Kyurtis Jons faoliyatini APLning boshqa klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga koʻra, 25 yoshli havbek uchun birdaniga APLning uchta jamoasi kurashmoqda. Futbolchini "Aston Villa", "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari oʻz safiga qoʻshib olishga urinmoqda. Ma'lum boʻlishicha, "qarğalar" yozgi transferlar vaqtida sotib yuborilishi mumkin boʻlgan Sandro Tonalini oʻrniga Jons nomzodini koʻrib chiqmoqda.
Kyurtisning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Ma'lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsum mersisaydliklar safida 30 ta uchrashuvda maydonda harakat qildi va 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar