"Liverpool" Gakponi sotib, Gordonni olib kelishni rejalashtirmoqda
Kodi Gakpo joriy mavsum yakunida "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "Teamtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar allaqachon uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchini ham aniqlab bo‘lgan. Gap "Nyukasl" vingeri Entoni Gordon haqida bormoqda.
Joriy mavsumda Gakpo Angliya Premier-ligasida 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2023 yil yanvar oyidan buyon "Liverpul" safida to‘p surmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar