"Liverpul" himoyasida dahshatli duet paydo bo‘lishi mumkin

Himoya chizig‘ida Virjil van Deykka tandem bo‘la oladigan munosib futbolchi qidirayotgan "Liverpul" bu borada A Seriyadan futbolchi topdi.

Tuttomercatoweb nashrining ma’lum qilishicha, mersisaydliklarning bu boradagi e’tibori "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga tushgan. O‘z navbatida neapolliklar ham EChL yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishgani ortidan yuzaga keladigan zararni qisman qoplash uchun ham senegallik futbolchini sotishga tayyor. Unga esa APLning boshqa bir grandi - "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transferi esa 56 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!