
"Liverpul" hujumchisi bilan xayrlashishga tayyor
"Liverpul" yozda 27 yoshli qanot hujumchisi Federiko Keza bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi Italiyaga qaytib, faoliyatini davom ettirishi mumkin. Biroq, buning uchun u maoshining bir qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, mersisaydliklarda Kezani ijaraga berish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Ta’kidlanishicha, A Seriyada hujumchi uchun asosiy da’vogar "Napoli" hisoblanadi. Jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o‘zi 27 yoshli hujuumchiga qiziqish bildirmoqda.
Keza o‘tgan yozda "Yuventus"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining qiymati 18 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar