“Liverpul” hujumchisiga yangi shartnoma tayyorlamoqda

  • 02.08.2022 12:27
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. “The Telegraph” nashri xabariga ko‘ra, ingliz klubi 25 yoshli portugaliyalikka yaxshilangan bitim tayyorlamoqda.

Tecno

Jotaning "Liverpul" bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.

Portugaliyalik forvard 2020 yilning sentyabr oyida 45 million evro evaziga “Vulverxemton”dan mersisaydliklar safiga o‘tgan edi. O‘shandan beri u "qizillar"ning barcha musobaqalar doirasidagi 85 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 34 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!