"Liverpul" Ibragimovichning hamyurti uchun 70 million evrodan voz kechishga tayyor

  • 17 mart, 2022, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Real Sosedad"ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isakga qiziqish bildirmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz klubi ushbu futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. 22 yoshli futbolchining transferi mersisaydliklarga taxminan 70 million evroga tushishi mumkin. Isakning shartnomasidagi tovon puli 90 million evroni tashkil qiladi.

Oldinroq Isakga "Barselona", "Arsenal", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aleksandir joriy mavsum “Real Sosedad” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!