
"Liverpul" "Inter" futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Liverpul" "Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovichga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Liverpool Echo" nashri.
O‘tgan mavsum oxirida Brozovichning "Inter" bilan shartnomasi tugashi arafiasida "neradzurrilar" bilan yangi bitim imzoladi va klubda qoldi.
Hozirda Brozovich jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan ovvora. U katta ehtimol bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlangunga qadar maydonga tusha olmaydi.
29 yoshli xorvatning “Inter” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar