"Liverpul" "Inter" futbolchisining agenti bilan aloqaga chiqdi
"Liverpul" yozda "Inter" yarim himoyachisi Martselo Brozovich transferini amalga oshirishga urinib ko‘rmoqchi.
Libero nashri xabariga ko‘ra, angliyaliklar mutasadddilari futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun aloqaga chiqiib ulgurishdi.
Brozovichning transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
O‘z navbatida "Inter" etakchi futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas, shu sabab klub unga yangi kelishuv taklif qilmoqda.

Fikrlar