"Liverpool" Isakning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 17.05.2026 14:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" rahbariyati jamoa hujumchisi Aleksandr Isakning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

"iNews" ma’lumotiga ko‘ra, shvetsiyalik forvard kelasi mavsumda ham mersisaydliklar safida qoladi.

Joriy mavsumda Isak o‘zini kutilganidek namoyon qila olmadi. U barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi 4 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Isak o‘tgan yozda “Nyukasl”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning transferi uchun “qizillar” 145 million yevro sarflagan.

Hozirda Arne Slot shogirdlari Angliya Premier-ligasi jadvalida 59 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!