
“Liverpul” Italiyaga futbolchi jo‘natadi
“Liverpul” tarkibida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Jerdan Shakiri faoliyatini A Seriyada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Yangi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bahslarida qatnashadigan “Latsio” tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun italiyaliklar 28 yoshli shveytsariyalik yarim himoyachini o‘z safiga chorlamoqda. Ular o‘yinchining agentiga o‘z takliflarini yuborgan.
Chempionlik mavsumida Shakiri premer-ligada atigi ettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning transfer summasi 16 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar