
“Liverpul” katta transferdan voz kechdi
Angliyaning deyarli barcha grand klublari “Vest Xem” yulduzi Deklan Rays uchun kurashmoqda. “Liverpul” birinchi bo‘lib bu poygadan chiqdi.
Football Insider nashrining xabar berishicha, liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp mahoratli yarim himoyachining katta muxlisi bo‘lsa-da, klub rahbariyati o‘ta qimmat narx qo‘yilgan o‘yinchini transfer qilish fikridan qaytdi.
Ma’lumki, “Vest Xem” xo‘jayinlari tayanch yarim himoyachisini bir necha mavsumdan beri unga katta badal puli qo‘ygan holda o‘z safida saqlab qolmoqda. Bu gal ular xaridorlardan 180 million evro talab qilmoqda.
Tabiiyki, bu narx nafaqat “Liverpul” balki boshqa xaridorlar – “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ni ham cho‘chitmoqda. Deklan Raysning o‘zi anchadan beri klub mutasaddilaridan ketish uchun ruxsat ololmayapti.
Fikrlar