“Liverpul” katta transferga qo‘l uryapti. Nishonda “Real” yulduzi

  • 8 aprel, 2024, 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga qaror qilgan. “Qizillar”ga maydon markazini mustahkam ushlab turadigan o‘yinchi kerak.

Tecno

Shu bois, “Liverpul” rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Federiko Valverdeni transfer qilish uchun 150 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan. Bu haqda El Debate nashri xabar tarqatdi.

Urugvaylik futbolchining o‘zi Madridni tark etishga shoshilmayapti. “Qirollik klubi” rejasida Valverdeni qo‘yib yuborish yo‘q.

Transfer mutaxassislari yuqoridagi omillarni inobatga olib, “Liverpul” Valverdeni qo‘lga kiritishi oson bo‘lmasligini aytmoqda.

25 yoshli futbolchi “Qirollik klubi”ga 2016 yili olib kelingan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etadi.

Transfermarkt portali bu futbolchini 100 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
08/04/2024 11:06
Valerda Realga kerakligi uchun sotmay turubdi