
“Liverpul” katta yo‘qotish ostonasida turibdi
“Liverpul”ning hujum uchligini tashkil qiladigan futbolchilardan biri Roberto Firmino boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin.
Braziliyalik hujumkor futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yili yakunlanadi va “Liverpul” mutasaddilari hali yangi shartnoma bo‘yicha ish boshlamagan.
Ayni paytda klub rahbariyati o‘zlari asosiy deb tan olgan olti nafar futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda. Lekin bu ro‘yxatda Firmino yo‘q.
Kuni kecha klub Trent Aleksandr-Arnaold bilan kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirganini e’lon qildi.
Navbatda esa, Sadio Mane, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Endryu Robertson, Fabino va Alissonning shartnomalari turibdi.
Firmino “Liverpul”ga 2015 yili “Xoffenxaym”dan 41 million evro evaziga transfer qilingan edi.
Fikrlar