
"Liverpul" Kloppni iste’foga chiqaradimi o‘zi?
"Liverpul" klubi bosh murabbiy Yurgen Kloppni iste’foga chiqarmaydi. Rahbariyat boshqa mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazayotgani yo‘q.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, jamoa hamon Kloppni qo‘llab-quvvatlamoqda va uni almashtirish niyatida emas. Ma’lum bo‘lishicha, Yurgenning yozda amalga oshirilishini so‘ragan transferlari ijobiy hal etiladi. Mutaxassis rahbariyatdan Jud Bellingem ("Borussiya" D) va Mateus Nunes ("Vulverxempton") kabi futbolchilarni sotib olishni so‘ragan.
Mersisaydliklar ayni payt APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Klub allaqachon Angliya kubogi va liga kubogidan chiqib ketgan. Evropa chempionlar ligasida "qizillar"ni amaldagi chempion "Real" Madridga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar