
"Liverpul" London klubi himoyachisiga qiziqib qoldi
Daily Mail xabariga ko‘ra, "Liverpul" klubi "Fulxem" himoyachisi Kenni Tetega qiziqish bildirmoqda.
Manbaning yozishicha, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi mersisaydliklar uchun taxminan 12 million evroga tushishi mumkin. Chunki futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin tugaydi. Nufuzli Transfermarkt portali ham Teteni xuddi shu narxda baholamoqda.
Himoyachi o‘tgan mavsum "Fulxem" safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U London klubi sharafini 2020 yilning kuzidan beri himoya qilib kelmoqda. U bundan avval Frantsiyaning “Lion”i va Amsterdamning “Ayaks” klublarida o‘ynagan.
Fikrlar