"Liverpul" Minaminoning transferini e’lon qildi (Foto)
"Zaltsburg" klubi hujumchisi Takumi Minamino faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiyalik futbolchi "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi. Ammo hozircha shartnoma tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Minamino jamoa safiga 1 yanvardan qo‘shiladi. Hujumchi 18-raqamda to‘p tepadi.


Fikrlar