"Liverpul" Muhammad Salohga "Bavariya"dan o‘rinbosar topdi

  • 5 yanvar, 15:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Muhammad Saloh o‘rniga "Bavariya" futbolchisi Leroy Saneni olib kelishi mumkin. 
 
Xabaringiz bor, misrlik futbolchi bir necha kun oldin mavsum so‘nggida jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Shu sababli, klub rahbarlari yangi qanot hujumchisi izlashni boshlab yuborishgan. 
 
"Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik Sane mersesaydliklar uchun eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Manbaning yozishicha, 28 yoshli hujumchi ham joriy mavsum nemislar klubi tarkibidagi o‘yin amaliyotidan norozi. Shu bois, qishki transferlar oynasida yoki mavsum so‘nggida jamoani tark etib, yana Angliya Premer-ligasiga qaytish haqida o‘ylamoqda. 
 
Leroy 2016 yildan 2020 yilgacha Xosep Gvardiolar boshchiligidagi "Manchester Siti" tarkibida harakat qilgan. Shundan so‘ng esa 80 million evro evaziga Germaniyaning "Bavariya" klubiga ko‘chib o‘tgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Sane 5 mavsum nemislar safida 194 ta uchrashuvda ishtirok etib, 53 ta gol va 51 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!