
“Liverpul” Muhammad Salohning o‘rniga undan zo‘r o‘yinchi topib qo‘ydi
“Liverpul” rahbariyati anchadan beri yaqin kelajakda jamoa to‘purari Muhammad Salohning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirayotgan edi.
Transfer News Live va Bayern Space kabi nufuzli manbalarning xabar qilishicha, mersisaydliklar nishoniga Maykl Olise tushdi. Angliya klubi tahlilchilari ayni paytda “Bavariya”da o‘ynayotgan 23 yoshli frantsiyalik hujumkor futbolchi har jihatdan Salohga munosib o‘rinbosar ekanini ta’kidlamoqda.
“Liverpul” Olise transferini kelasi yoz amalga oshirmoqchi. Bu o‘yinchiga “Manchester Siti” va “Chelsi” kabi badavlat klublar ham da’vogarlik qilyapti.
Maykl Olise “Bavariya”ga 2024 yilning yozida “Kristal Pelas”dan transfer qilingan va debyut mavsumining o‘zidayoq Bundesliga chempionligi va Germaniya kubogi g‘olibligiga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar