"Liverpul" "Napoli" futbolchisiga 130 milloin evrolik taklif tayyorlamoqda

  • 13 aprel, 2023, 17:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-liga superklubi Kvaratsxeliya uchun 130 million evro tayyorlamoqda

Tecno

Xvicha Kvaratsxeliya Italiyadagi debyut mavsumini ajoyib o‘tkazmoqda. 22 yoshli futbolchi "Napoli" safida 33 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Goal" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" yozgi transfer oynasida Xvicha bilan shartnoma imzolamoqchi. Klubda omadsiz mavsumdan keyin tarkibni jiddiy qayta qurish rejalashtirilgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, Mersisayd klubi Kvaratsxeliya uchun 130 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida gruziyalik vinger Moskvaning "Lokomotiv" va "Rubin" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!