“Liverpool” “Nyukasl” yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
Insayder Stiven Buntingni bergan ma'lumotga ko‘ra, mersisaydliklar italyalik havbekga anchadan beri qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" uchun Tonalining transferi 35 million funt sterlingga tushishi mumkin.
Sandroning hozirda transfer bozorida narxi 75 million yevroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Nyukasl" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar