
"Liverpul" qachon yaxshi darvozabonga yolchiydi?
Biroz avval Angliya Premer-Ligasi 4-tur doirasidan o‘rin olgan "Lester" - "Liverpul" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. E’tiborlisi, uchrashuvning 63-daqiqasida "Liverpul" mavsumda ilk bor o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.
Birinchi taymdan so‘ng mersisaydliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan payt hujumchining ta’qibidan so‘ng darvozabon Allison qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va jazoirlik Rashid G‘azzol bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlarining "quruq" starti 333 daqiqa davom etdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs "Liverpul"ning safardagi 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar