"Liverpul" qilgan ishni 11 yildan so‘ng "Manchester Siti" ham uddaladi
Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining har ikkala bahsida ham “Manchester Siti”ga bir xil hisobda mag‘lub bo‘lgan “Real” 2008/09 yildan buyon ushbu musobaqadagi eng yomon natijasini qayd etdi.
Opta statistik portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” so‘nggi 11 yilda ilk bor EChL pley-off bosqichida har ikkala o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joizki, o‘shanda “Real”ni “Liverpul” Madridda ham, o‘z maydonida ham taslim eta olgan edi.

Fikrlar