"Liverpul" qimmatbaho hujumchi bilan muzokaralar boshladi

  • 17 iyul, 15:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" tarkibni kuchaytirish maqsadida transfer bozoridagi ishlarini davom ettirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, mersisaydliklar hujumchi Ugo Ekitik uchun ilk rasmiy taklifni bildirgan.

Tecno

"Ayntraxt" kattaroq summa talab qilib, taklifni rad etdi. Biroq, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

23 yoshli Ekitikening o‘zi "Liverpul"ga o‘tishni istamoqda. Shu bilan birga, avvalroq matbuot frantsiyalik futbolchini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi "Nyukasl" bilan faol bog‘lagan edi.

Transfermarkt portali Ugo Ekitikeni 75 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!