
"Liverpul" rahbariyati Kloppning iltimosini rad etdi. Yoxud yulduz futbolchining transferi barbod bo‘ldi
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar "Liverpul"ga o‘tmaydi. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati 30 yoshli belgiyalik futbolchini bosh murabbiy Yurgen Klopp tarkibda ko‘rishni hohlaganiga qaramay, uni sotib olishdan bosh tortgan.
Nemis mutaxassisi klub rahbariyatidan yanvar oyida Afrika Millatlar kubogi oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni talab qilgandi.
Joriy mavsum Azar “Real” safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar