"Liverpul" "RB Leyptsig"ning ikki himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 16 yanvar, 2021, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” o‘z safiga “RB Leyptsig”ning ikki himoyachisini qo‘shib olishi mumkin.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gap Dayo Upamekano va Ibraim Konate haqida ketmoqda. Upamekanoning transfer narxi 42 million evroni, Konateniki 40,5 million evroni tashkil etadi.

Mersisaydliklar asosiy himoyachilari – Virjil van Deyk hamda Jo Gomes uzoq muddatga safdan chiqqani sabab, ular o‘rniga mahoratli himoyachi qidirmoqda.

Dayo joriy mavsum Bundesligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Konate 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!