“Liverpul” Sadio Mane o‘rniga ajoyib o‘rinbosar topdi

  • 14 iyul, 2022, 12:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujum pozitsiyasini kuchaytirish uchun bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. “Qizillar” uchun asosiy nomzod — "Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak. Ingliz klubi shvedni yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olishni mo‘ljallamoqda.

Avvalroq, hujumchiga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, "qora-oqlar" futbolchining narxi borasida ispan klubi bilan kelisha olmadi. Qolaversa, keyinchalik “Real Sosedad” rahbariyati Aleksandr bilan xayrlashmoqchi emasligini ma’lum qildi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" bilan shartnoma imzolagan Sadio Manega munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Ammo Isakning narxi “qizillar”ning fikrini o‘zgartirishi mumkin. Ayni paytda “Sosedad” shvetsiyalik forvardni 50-60 million evro atrofida baholamoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi La Liga doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!