
“Liverpul” Saloh bo‘yicha muhim qarorga keldi
“Liverpul” rahbariyati misrlik hujumchi Muhammad Salohni jamoada olib qolishga qaror qildi. Avvalroq, jamoa to‘purari yozda Ispaniyaga ketish haqida o‘ylayotgani aytilgan edi.
Salohning 2023 yilning yozigacha davom etadigan hozirgi shartnomasiga yana bir necha uzaytirilishi kutilmoqda. Shuningdek, haftasiga 200 ming funt olayotgan futbolchining maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi. Liverpulliklar shu yo‘l bilan uni o‘z safida olib qolmoqchi.
Shunga qaramay, Yurgen Kloppning siyosati va jamoaning ichki muhitidan norozi bo‘lib yurgan Muhammad Saloh hali klub taklifi bo‘yicha munosabat bildirgani yo‘q.
Fikrlar