"Liverpool" Saloҳ o‘rniga "Braighton" hujumchisini asosiy nomzodlar qatoriga qo‘shdi

  • 11.04.2026 13:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yozgi transferlar oynasi oldidan Muhammad Saloҳ o‘rnini to‘ldirish uchun yangi variantlarni ko‘rib chiqmoqda. "Daily Mail" xabariga ko‘ra, mersisaydliklar ro‘yxatiga "Brayton" qanot hujumchisi Yankuba Minteh ham kiritilgan.

Avvalroq Saloҳ mavsum yakunlangach klubni tark etishini tasdiqlagan edi. Shu bois "qizillar" o‘ng qanot uchun munosib o‘rinbosar qidirishni boshlagan va Minteh potensial asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Brayton" 2024 yilda futbolchi uchun "Nyukasl"ga to‘langan 33 million funtlik mablag‘ni kamida ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Qiziği shundaki, "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot futbolchi bilan avval "Feyenoord"da birga ishlagan. Endi niderlandiyalik mutaxassis uni "Enfild"ga olib kelish orqali yana hamkorlikni tiklashi mumkin.

Xabarda aytilishicha, klub boshqa variantlarni ham kuzatmoqda. Ular orasida "RB Leyptsig" vakili Yan Diomande, "Yuventus" futbolchisi Fransisku Konseysau hamda "Xoffenhaym" qanot o‘yinchisi Bazumana Tyure nomlari tilga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!