“Liverpul” Saloh o‘rniga “Real” hujumchisini oladi

  • 01.11.2021 16:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Klub rahbariyati agar futbolchi 1 yanvarga qadar bitim imzolamasa, uni transferga qo‘yishini ma’lum qilgan.

Yurgan Klopp misrlik yulduz o‘rniga boshqa hujumchi qidirishni boshlab yubordi. Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik mutaxassis “Real”ga moslasha olmagan Luka Yovichni Angliya premer-ligasiga olib kelmoqchi.

Yovich ispan klubida 38 ta uchrashuvda qatnashib, atigi ikkita gol urdi xolos. Madridliklar “Ayntraxt”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan serbiyalik yosh hujumchini 2019 yilda 63 million evroga xarid qilgandi.

Joriy mavsumda oltita uchrashuvda qatnashib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!