"Liverpul" sermahsul hujumchisining klubda qadri baland

  • 25 dekabr, 2022, 11:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" o‘z hujumchisi Roberto Firminoni tarkibda saqlab qolishga qaror qildi.

Tecno

"Qizillar" rahbariyati braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasini hozircha birinchi o‘ringa qo‘ygan. Roberto bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi va futbolchi kelasi mavsumdan boshlab erkin agentga aylanadi. 

Shu sababli mersisaydliklar sermahsul hujumchisini shunchaki tekinga qo‘yib yubormoqchi emas va o‘zaro hamkorlikni uzoq muddatga davom ettirish niyatida.

Ma’lumot uchun, Firmino joriy mavsum "Liverpul" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U "qizillar" safiga 2015 yili "Xoffenxaym"dan 41 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!