
“Liverpul” super to‘purarni MYuga boy berdi
“Liverpul” rahbariyati “Leyptsig” to‘purari Timo Vernerning transferidan voz kechgani super hujumchi izlayotgan “Manchester Yunayted”ning germaniyalik forvardni qo‘lga kiritish imkonini oshirdi.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 24 yoshli Vernerni jamoaga har tomonlama to‘g‘ri keladigan ideal futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
“Manchester Yunayted” rahbariyati Verner “Liverpul”ni tanlagani bois uning transferi bo‘yicha ish olib borishni ortga surayotgan edi. Lekin liverpulliklar transfer narxi bo‘yicha nemislar bilan kelisha olmadi va muzokarani to‘xtatganini e’lon qildi.
Fikrlar