"Liverpul" tarixiy rekordini takrorladi

  • 4 noyabr, 2021, 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" barcha musobaqalardagi o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini 25 ta o‘yinga etkazdi.

Tecno

Mersisaydliklar kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida "Atletiko" ustidan 2:0 hisobida ustun kelishdi. Yurgen Klopp jamoasi joriy yilning aprel oyidan buyon jami 25 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning 18 tasida g‘alaba, 7 tasida durang natija qayd etdi.

Gracenote Live tarqatgan xabarga qaraganda, "Liverpul" shu tariqa mag‘lubiyatsiz o‘yinlar bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani takrorladi. Mersisaydliklar so‘nggi bor bunday uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani 1982 yilning sentyabr oyida qayd etgan. O‘shanda ham “Liverpul” ketma-ket 25 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!