"Liverpul" va "Chelsi" Istanbulda Superkubok uchun kurash olib boradi
Xabaringiz bor kecha Madridda “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs 2:0 hisobida mersisaydliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bundan avval esa 29 may kuni Evropa ligasi finalida ham ikki ingliz klubi – “Chelsi” va “Arsenal” o‘zaro bahs olib borgan va yakunda “aristokratlar” yirik hisobda zafar quchib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Endi tartib bo‘yicha 44-UEFA Superkubogi uchrashuvida “Liverpul” va “Chelsi” o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 14 avgust kuni Istanbuldagi "Vodafon-Arena"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar