
«Liverpul» va «Milan» «Shalke»ning 20 yoshli futbolchisiga qiziqmoqda
Ko‘plab mashhur nashrlar «Shalke» himoyachisi Malik Tiav «Liverpul» yoki «Milan»ga o‘tishi mumkinligini yozishmoqda.
Har ikki top-klub ham mavsumni yaxshi o‘tkazayotgan yosh futbolchiga ko‘z tikishgan. Hozirgi nemis klubi tarkibida Tiav 20 o‘yinda qatnashdi, ammo samarali harakatlari bilan gol ura olmadi.
Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali germaniyalik futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.
Fikrlar