"Liverpul" va MYu kutayotgan futbolchi kim?

  • 21 iyul, 2020, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum Angliya chempionligi uchun kurashishi kutilayotgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” manfaatlari bir futbolchi ustida to‘qnash kelib qoldi.

Yangi mavsum oldidan mudofaa chizig‘ini kuchaytirishni istayotgan har ikki jamoa bosh murabbiylari “Sporting” vakili Nunu Mendeshning muxlisi bo‘lib chiqdi.

18 yoshli himoyachining transferi 41 million evroga baholanmoqda. Sulsher va Klopp uni qo‘lga kiritish uchun nafaqat o‘zaro, balki “Yuventus” bilan ham raqobatlashishlariga to‘g‘ri keladi. Turinliklar esa hech qachon yaxshi himoyachi uchun pulni ayamaydi.

Mendesh yosh bo‘lishiga qaramay, Portugaliya chempionati yuqori ligasida ettita uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!