
"Liverpul" Virts uchun qancha summa taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Lekin "Bayer" bundan qoniqmayapti!
"Liverpul" klubi "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virtsni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatga o‘tdi. "Bild" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mersesaydliklar nemis klubiga 100 million funt (taqriban 117 million evro) miqdoridagi kafolatlangan pul taklif qilgan.
Shuningdek, 10–12 million funt miqdorida bonuslar ham rejalashtirilgan. Umumiy transfer summa 130–133 million evrodan oshishi mumkin.
Shu bilan birga, "Bayer" 21 yoshli futbolchi uchun 150 million evro talab qilmoqda. Ammo tomonlar o‘rtasidagi farq katta emas va yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Virts joriy mavsumda Bundesliganing eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi.
Fikrlar