"Liverpul" Virts uchun qancha summa to‘lashi oydinlashmoqda

  • 14 iyun, 12:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "Bayer" klubida to‘p surayotgan yosh yulduz Florian Virts faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Mashhur jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Liverpul" safiga o‘tadi.

Tecno

Manba ma’lumotiga ko‘ra, angliyaliklar "Bayer" bilan transfer yuzasidan to‘liq kelishuvga erishgan. Virtsning xaridi mersesaydliklarga 118 million evroga tushadi, yana 19 million evro bonus sifatida to‘lanishi mumkin.

Florian 2024/25 yilgi mavsumda 45 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali esa germaniyalik futbolchining narxini 140 million evro deb belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!