
"Liverpul" "Vulverxempton"ga hech qanday imkon qoldirmadi (video)
Angliya premer-ligasining 11-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Vulverxempton”ga qarshi bahs olib bordi.
“Enfild”dagi o‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tdi va bu yakunda hisobda ham o‘z aksini topdi. Yurgen Klopp jamoasi raqib darvozasini javobsiz 4 marta ishg‘ol qildi. Gollarni Muhammad Saloh (24'), Jorjino Veynaldum (58'), Joel Matip (67') va Nelson Semedu (78' avtogol) kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar