"Liverpul" yarim himoyachisi "Latsio"ga o‘tishi mumkin

  • 2 oktabr, 2020, 18:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchisi Jerdan Shakiri Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"The Athletic" nashrining ma’lum qilishicha, "Latsio" klubi mersisaydliklar safida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan xavbekni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchining o‘zi ham ushbu kelishuvga qarshi emas. Shu sababli, shveytsariyalik yarim himoyachi kecha Angliya Liga kubogi doirasidagi "Liverpul" - "Arsenal" bahsida maydonga tushmadi.

28 yoshli futbolchi 2018 yildan beri "qizillar" sharafini himoya qilib keladi. Uning transfer narxi 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!