"Liverpul" yosh yulduz transferiga o‘z futbolchisini qo‘shib bermoqchi

  • 1 iyun, 12:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Germany jurnalistlarining xabar berishicha, "Liverpul" Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi uchun taxminan 130 million evro to‘lashga, shuningdek, "qizillar" o‘z yarim himoyachisi  Xarvi Elliotni qo‘shib berishga tayyor. Chunki germaniyaliklar Virtsning transferidan 150 million evro daromad qilishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Elliot "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 22 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!