
"Liverpul" yozda 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi
"Liverpul" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining 4 ta futbolchisi bilan xayrlashishi kutilmoqda. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppga ortiq Nataniel Klayn, Deyyan Lovren, Jerdan Shakiri va Adam Lallanalarning xizmatlari kerak emas.
Aytish kerakki Klayn hamda Lallanalarning klub bilan amaldagi shartnomalari mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi va shu bois ular jamoani erkin agent sifatida tark etishlari mumkin.
Fikrlar