“Liverpul”da porlagan yulduzni “Manchester Yunayted” oladi

  • 19 may, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan beri mohir hujumchi qidirmoqda. Daily Mirror nashrining yozishicha, manchesterliklar bu pozitsiyaga “Bavariya”da ishlari yurishmayotgan Sadio Maneni olib kelmoqchi.

Sadio Mane yulduzli davrlarini “Liverpul”da o‘tkazgan. Olti yil o‘ynaganidan keyin, o‘tgan yili muhitni o‘zgartirish maqsadida Myunxen klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Senegallik to‘purarning Bundesligada ishlari yurishmayapti. Qolaversa, Leroy Sanega musht tushirganidan keyin jamoadagilar bilan munosabati ham buzilgan.

Universal hujumchilar toifasiga kiradigan Mane yana Angliyaga qaytarishga qarshi emas. “Manchester Yunayted” bu borada hali rasmiy taklif yuborgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!