
"Liverpul"ga qarshi o‘yin paytida "Barselona" futbolchisining uyini o‘g‘ri bosdi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Arturning kecha “Liverpul”ga (3:0) qarshi o‘yin paytida uyini o‘g‘ri urdi.
El Taquigrafo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi “Kamp Nou”da o‘yinda bo‘lgan paytda pichoq va boshqa o‘tkir tig‘li asboblar bilan qurollangan 2ta jinoyatchi deraza orqali uning uyiga kirishgan.
Ta’kidlash kerakki, voqea joyida Arturning akasi bo‘lgan. O‘g‘rilar esa unga o‘ldirish bilan taxdid qilishgan va uydan qimmatbaho Rolex soatlarini olib chiqib ketishgan. Shahar politsiyasi ayni damda jinoyatchilarni qidirmoqda.
Fikrlar