"Liverpul"ning Angliya chempionati urgan gollari soni 7000 taga etdi
Xabaringiz bor, “Liverpul” kecha APLning 25-turida “Sheffild Yunayted” ustidan safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu o‘yindan so‘ng mersisaydliklarning Angliya oliy divizionida kiritgan gollari soni 7000 taga etdi. Bu borada etakchi esa “Everton” hisoblanadi. “Irischilar” hisobida 7108 ta gol bor.
Yurgen Klopp jamoasi keyingi uchrashuvni o‘z maydonida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar