"Liverpul"ning qo‘rqinchli tushi: 3 tadan ko‘p gol urishim mumkin edi

  • 5 oktabr, 2020, 05:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Liverpul" uchrashuvi maydon egalarining 7:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bellashuvda xet-trik muallifiga aylangan Olli Uotkins o‘yindan keyingi fikrlari bilan bo‘lishdi:

Tecno

"Bahs avvalidan "Liverpul"ga 3 ta gol ura olaman, deb o‘ylamagandim. Ammo birinchi to‘pni kiritib olgach, o‘zimga nisbatan ishonch hosil bo‘ldi. Bu mening o‘yinimni yanada ochilishiga yordam berdi.

Uchrashuv yakunigacha yana ham ko‘proq gol urishga imkonim bo‘ldi. Bilmadim, ofsaydda edimmi, yoki yo‘q - muhimi o‘sha vaziyatda gol urishim kerak edi. Sen doim o‘zingga nisbatan talabchan bo‘lishing lozim. 

Biz ularning o‘yini naqadar mukammal qurilganini ko‘rib chiqdik va reja bo‘yicha ularni qarshi hujumlarda ushlashimiz lozim edi. Ko‘rib turganingizdek, o‘ylagan narsamiz ish berdi", - deya "Sky Sports" kanaliga intervyu berdi 24 yoshli hujumchi. 

Ta’kidlash joizki, so‘nggi bor mersisaydliklar darvozasiga Dimitar Berbatov 2010 yilda xet-trik qayd etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!